“Geoinformatika sohasida ilmiy tadqiqot ishlari: hozirgi holati va istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
O‘zbekiston Geografiya jamiyati
AXBOROT XATI
Hurmatli hamkasblar!
“Geoinformatika sohasida ilmiy tadqiqot ishlari: hozirgi holati va istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi Sizni 2018 yil 15-21 oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.
Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar hamda soha mutaxassislari konferensiya mavzusi doirasida olib borayotgan ilmiy izlanishlari va ularning natijalari, kashfiyot va ixtirolari, ilg‘or innovatsion g‘oyalari ifoda etilgan maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiyaning ilmiy-amaliy yo‘nalishlari:
- Geodezik ishlarni olib borishda geoinformatika.
- Mavzuli kartografiya, web-kartografiya, kartografik xizmatlar va ilovalar.
- Tabiiy resurslarni boshqarishda kadastr xizmatlari.
- Atrof-muhitni muhofaza qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda boshqarishda geoinformatika.
- Arxitektura va qurilishda geoaxborot texnologiyalarini qo‘llash.
- Geofazoviy tahlil va modellashtirish.
- Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish.
- Ta’lim tizimida geoaxborot texnologiyalari.
- Yer haqidagi fanlarda geoaxborot texnologiyalarining roli.
Ilmiy maqolalar uchun qo‘yiladigan talablar:
- Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalar matni o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida IMRAD strukturasida yozilgan bo‘lib, hajmi kamida 5 betdan kam bo‘lmasligi kerak (https://ru.wikipedia.org/wiki/IMRAD).
- O‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiyaning mavjudligi.
- O‘zbek, rus va ingliz tillarida kalit so‘zlarining mavjudligi (kamida 5 ta).
- Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar keltirilishi shart.
- Matn Microsoft Word dasturida (Times New Roman, 14 shrift, 1,5 interval, manbalar ro‘yxati matnda eslatma tartibida raqamlandi, matndagi havolalar to‘rtburchak qavs bilan ajratilishi kerak [1, 2-bet]. Tasvirlar rangli yoki oq-qora variantda tayyorlanadi.
- Ilmiy maqolaga soha mutaxassisining taqrizi.
Maqolalarda keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga mualliflar shaxsan javobgardirlar. Magistrantlar va iqtidorli talabalarning maqolalari ilmiy rahbarlar tavsiyasi asosida qabul qilinadi.
Konferensiya materiallari O‘zbekiston Geografiya jamiyati axborotnomasida ishtirokchilar mablag‘lari hisobiga chop etilishi munosabati bilan har bir bet uchun 15000 so‘m miqdorida oldindan badal haqi to‘lanadi. Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalarni yuqoridagi talablarga muvofiq tayyorlab, 2018 yil 1 sentyabrgacha tashkiliy qo‘mitaga yuborishingizni so‘raymiz.
Ma’ruza matnlarini jihozlash namunasi
FAZOVIY TAHLIL VA MODELLAShTIRISh
Abdullaev I.O‘. (14 kegel)
O‘zbekiston Milliy universiteti, Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti , Toshkent, O‘zbekiston. ilkhomjon.abdullaev@gmail.com (12 kegel)
Annotatsiya: matn (12 kegel)
Kalit so‘zlar: matn (12 kegel)
Matn (14 kegel)
Adabiyotlar: (14 kegel)
- Aslanakashvili A.F. Metakartografiya. Osnovnыe problemы. – Tbilisi.: Misniereba, 1974. -125 s. (12 kegel)
Ma’ruza materiallarini konferensiya ishi boshlanishiga qadar nashr qilish rejalashtirilgan.
Tashkiliy qo‘mita konferensiya mavzusiga va talablariga javob bermaydigan maqolalarni yoki belgilangan muddatdan keyin kelgan maqolalarni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tashkiliy qo‘mitaga murojaat qilish mumkin
Abdullaev I.O‘. |
(+99893 378 75 96) |
|
Ro‘ziev A.S. |
(+99893 396 47 01) |
|
Prenov Sh.M. |
(+99897 769 67 35): |
|
Yakubov G‘.Z. |
(+99897 704 26 56) |
Tashkiliy qo‘mita manzili:
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 100174, Toshkent sh., Universitet ko‘chasi 4, Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti, geodeziya va kartografiya kafedrasi.